Qishloq xo’jaligi moddiy ishlab chiqarishning asosiy va eng qadimiy tarmoqlaridan biri bo’lib, aholiga avvalo oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda, sanoatni hom ashyo bilan ta’minlashda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Qishloq xo’jaligi faoliyatida band bo’lgan aholi rivojlangan mamlakatlarda o’rtacha 10%, rivojlanayotgan mamalakatlarda esa 60% ko’rsatkich atrofida, nisbatan kam taraqqiy etgan mamlakatlarda bu ko’rsatkich 80-90% ga yetadi. Shu sababli rivojlanayotgan davlatlar uchun qishloq xo’jaligi sohasida samaradorlikka erishish uchun yuqori taraqqiyotga erishgan davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak sohani ilg’orlashtirishda o’rnak olish, bosib o’tilgan yo’lni chuqur taxlil etib qo’llanilayotgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish ko’lami kengayib mahsulot yetishtirish xajmi ortib borishiga qaramay, dunyo aholisini muayyan qismi to’yib ovqat yemaydi, bir necha yuz millionlab aholi och qoladi. 2002- yilga kelib jahon aholisi 6 mlrd. nafardan ortib ketdi. Bu ko’rsatkich yil sayin ortib bormoqda. Ularni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlash uchun har yili oziq-ovqat yetishtirish ko’lamini 3-4% ga oshirib borish kerak. Dunyo miqyosida olinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining 25% i jahon aholisining 5%qismini tashkil qiluvchi AQSH liklar xissasiga to’g’ri keladi. Ya’ni AQSHda oziq-ovqat mahsulotlari o’z ehtiyojidan ortiq yetishtiriladi. Ushbu ko’rsatkichdan kelib chiqib aytish mumkinki jahon miqyosida AQSH qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy eksportiyoridir.
Amerika Qo’shma Shtatlari eng yirik kapitalistik mamalakat xisoblanib, jahon imperializm tizimining tayanchidir. Mamalakat qishloq xo’jaligining sermahsuldorligi, texnika bilan yuqori darajada ta’minlanganligi, yollanma ish kuchidan keng foydalanishi bilan ajralib turadi. AQSHda qishloq xo’jaligi faoliyatining barcha sohasi “Oziq-ovqat majmuasi” deb yuritiluvchi yagona tarmoqqa birlashtirilgan. Majmua quyidagi 3 asosiy vazifani bajaradi:
1- Qishloq xo’jaligi uchun mehnat vositalarini yaratish;
2- Qishloq xo’jaligi;
3- Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bilan shug’ullanadi.
1870 – yilda 70 – 80% AQSH aholisi qishloq xo’jaligida band bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib, AQSH oziq ovqat majmuida mamlakatdagi mehnat resurslarining 12% band, shundan atigi 3% i qishloq xo’jaligida band. Bu shuni anglatadiki, 1 yilda amerikalik 1 ta fermer 129 kishilik qishloq xo’jalik mahsulotini ishlab chiqaradi, shundan 94 ta AQShlik, 35 ta chet ellik qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanadi. AQSHda oziq-ovqat majmui yuqori darajada rivojlangan marketingga ega.
Yuqorida ta’kidlanganidek AQSH qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha jahonning asosiy eksportiyori hisoblanadi. Ya’ni bug’doy eksportining 45%i, makkajo’xori doninng 55%i, arpaning 10%i, paxtaning 33%i uning xissasiga to’g’ri keladi va har yili jami 140 – 150 mlrd. dollarlik bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qiladi.
Mamalkatda qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish jarayonida iqlim sharoitlari va qishloq xo’jalik ekinlaridagi tafovutlar tufayli turli rayonlarda ixtisoslashuv yuzaga kelgan. Makkajo’xori doni 48 shtatda, mosh asosan 5 shtatda, bug’doyning 72%i asosan 6 shtatda, kartoshkaning 50%i Aydahoda, Men va Vashington shtatlarida yetishtirilsa, Kaliforniya shtati mamlakat bo’yicha yetishtiriladigan pomidor mahsulotining 90% ulushiga egalik qiladi. Umuman olganda AQSH da qishloq xo’jaligi mahsulotlari jumladan, meva, poliz va sabzavot ekinlari, chorvachilik mahsulotlarini sanitariya-gigieniya talablari darajasida saqlash uchun ombor va muzxonalar yetib ortadi. Masalan qishloq xo’jaligi uchun 1 dona mahsus avtomobilning o’zi bir vaqtda 80 bosh qoramol, 260 bosh cho’chqa va 6 ming bosh parrandani tashish imkoniga ega.
AQSHda qishloq xo’jaligi faoliyati bilan asosan oilaviy fermerlar shug’ullanishadi. Ular mamlakatdagi qishloq xo’jaligi ko’rxonlarning 99%ni tashkil etadilar va mamlakatda yetishtiriladigan yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotni 93%ularning xissasiga to’g’ri keladi. Mamlakatda 2.2 millionga yaqin fermerlar 373 million gektar maydonda faoliyat yuritadi. 1 fermer o’rtacha 170 gektar maydonga ega. Shundan 350 minga yaqin fermer yog’li va donli ekinlar yetishtirish bilan, issiqxona ishi, ko’chatlar va gullar yetishtirish bilan 95 ming, chorvachilikning go’sht yo’nalishida esa 664ming, sut, tuxum va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish bilan esa qariyb 120ming fermer faoliyat yuritmoqda.
AQSH fermerlarining soni keyingi 10 yilliklarda sezilarli darajada kamaydi. Ayni paytda, qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bunday natijalarga qaysi omillar evaziga erishilayotgani aniqlash muhim albatta. Misol tariqasida qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan biri – sutchilikni olishimiz mumkin.
1994- yildan keyingi davrda chorvachilik bilan shug’ullanuvchi fermerlar soni 42% ga qisqargani holda, sut ishlab chiqarish 11% ga o’sdi. AQSHda sut ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi o’rinlarni Kaliforniya, Nyu York va Pensilvaniya shtatlari egallaydi. Mamlakatda asosan yirik shoxli qoramolning sutdor Golshtin zotli sigirlar keng tarqalgan bo’lib, AQSH miqyosida 1 bosh sigirdan sog’ib olingan sutning o’rtacha miqdori 7710 kgni, yog’liligi esa o’rtacha 3.68% ni tashkil etadi. Sut ta’minotidagi yuqori natijalarga ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilish, jarayonni avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalash hamda samarali ishlab chiqarish menejmenti tufayli erishilmoqda.
Endilikda AQSHda parrandachilik, go’sht, sut, don ekinlari va bir qancha boshqa o’simliklar yetishtirish tarmoqlari sanoat negiziga ko’chirilgan. Qishloq xo’jaligining sanoatlashtirilishi, ishlab chiqarish kuchlarining sanoat darajasiga ko’tarilishi, qishloq xo’jaligining endilikda o’z mustaqilligini yo’qotishiga olib keldi va tarmoqlar majmuining ajralmas qismi bo’lib qoldi. U agrobiznes, agrosanoat majmui nomini oldi. Mexanizatsiyani yuksak darajadaligi fan yutuqlaridan keng foydalanish va tor doirada ixtisoslashishni taqozo etadi. Bundan tashqari AQSH da agrar korxonalarning kooperatsiyalarga birlashuvi keng tarqalgan. Fermerlar o’zaro va boshqa korxonalar bilan kooperativlarga birlashadi. Bunday kooperativlarning alohida xususiyatlari shundan iboratki uning maqsadi foyda olish emas, balki a’zolarning turli extiyojlarini qondirishdir, masalan kooperativlar o’z a’zolarining yem, o’g’itlar, zooveterinariya va boshqa vositalarni sotib olishda xarajatlarni minimallashtirish uchun tuziladi. Kooperatsiyalar bundan tashqari ularning transport, marketing va boshqa xarajatlarini ham qisqartiradi. Fermer o’z extiyojiga mos ravishda bir necha kooperativlarga a’zo bo’lishi mumkin. Shu bilan birga AQSH fermerlarining ilmiy asoslangan intensiv texnologiyalardan foydalanishini “Ekstenshn” deb nomlangan umummilliy maslahat xizmatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Agentlik agrar fan, ta’lim va ishlab chiqarish bilan bo’glovchi samarali bo’gin sifatida namoyon bo’ladi. AQSHning deyarli barcha xududlarida mazkur xizmat ofislari mavjud bo’lib, ularda qishloq xo’jaligining aniq sohasi bo’yicha malakali mutaxasislar faoliyat yuritadilar va fermerlarni eng yangi ilmiy ishlanmalar, ularni axborotda qo’llanishi va mavjud muammolar yuzasidan bepul maslahat xizmatlarini ko’rsatadi. Agentlikning xizmatlari bepul, xarajatlar AQSH davlat byudjeti tamonidan qoplanadi.
Shunday qilib AQSH qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil eilishi, fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanish, xo’jaliklarni yiriklashtirishni talab etadigan sanoatlashish sohani yuqori darajada rivojlanishiga, mamlakat aholisini qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’liq ta’minlabgina qolmay, balki mahsulotlarni tashqi bozorga ko’p miqdorga chiqarilishiga erishilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda AQSHda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning ilg’or tajribasini qo’llash va uni agrar fan va ta’lim bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Подписаться на:
Комментарии к сообщению (Atom)
Harrah's Atlantic City - MapYRO
ОтветитьУдалитьHarrah's Resort Atlantic City Map and Directions · 나주 출장마사지 3131 S. 안양 출장마사지 Atlantic City Dr · (609) 시흥 출장안마 539-7777 · Visit Website · https://www.caesars.com · 김포 출장안마 Toll 공주 출장샵 Free: 800-WL-GAMBLER